Janubiy Amerika General Motors (GM) rahbari lavozimiga Tomas Ovsiyanskini tayinlandi. Bu haqda GMAutority ma’lum qilindi.
Yangi tayinlov avvalgi mintaqaviy rahbar Santyago Chamorro kompaniyadagi 32 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etganidan ikki oy o‘tib amalga oshirildi. Tomas Ovsiyanski 1-fevraldan boshlab General Motors’ning Janubiy Amerikadagi faoliyatiga rahbarlik qiladi.
GM Global bozorlari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Rori Xarvining aytishicha, Ovsiyanski turli bozorlarda samarali boshqaruv tajribasiga ega va mintaqaning salohiyatini yaxshi biladi. Uning fikricha, Janubiy Amerika mustahkam sanoat bazasi va katta o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lib, yangi rahbar ushbu imkoniyatlarni to‘liq ishga soladi.
Kompaniya ushbu tayinlovni Janubiy Amerikadagi yirik investitsiyalar, Chevrolet brend portfelini yangilash va...