OpenAI kompaniyasi o‘zining birinchi aqlli qurilmasini joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning global siyosat bo‘yicha rahbari Kris Lehane ma’lum qildi.
Top-menejer bu qanday qurilma bo‘lishi yoki qachon sotuvga chiqarilishini aniq aytmadi. Lehane gadjetlar 2026-yilda OpenAI’ning asosiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biriga aylanishini ta’kidladi.
2025-yil may oyida OpenAI bosh direktori Sem Altman Apple dizayneri Jony Ive bilan yangi gadjet ustida ishlayotganini e’lon qildi. Qurilma sun’iy intellekt bilan ishlaydi va ekranga ega bo‘lmaydi. OpenAI rahbari qurilma smartfonlar va noutbuklar bilan bir qatorda odamlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanishini da’vo qildi. Altmanning ta’kidlashicha, gadjet iPhone smartfonlar uchun bo‘lgani...