Audi kompaniyasi uchinchi avlod Audi Q3 krossoverini Braziliyada ishlab chiqarishni boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda Motor1 portali ma’lum qildi. Model Parana shtatidagi San-Jose-dus-Pinyays shahrida joylashgan zavodda yig‘ilmoqda.
Audi Q3 yangi avlodi mamlakatda ikkita kuzov turida taqdim etiladi. Xaridorlar oddiy SUV va Sportback kupe uslubidagi versiyalar o‘rtasidan tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
Braziliya uchun muhim loyiha
Yangi modelning taqdimoti Kuritibadagi Palasio Iguasu saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Audi’ning Braziliyadagi rahbari Sasha Zauer hamda Paraná shtati gubernatori Karlos Massa Ratinyu Junior ishtirok etdi.
Audi vakillari mahalliy ishlab chiqarish kompaniyaning global strategiyasida Braziliya muhim rol o‘ynashini ko‘rsatishini ta’kidladi. Zavod modernizatsiyasidan so‘ng ishlab chiqarish...