Bahor – sayohat qilish uchun eng yaxshi vaqt. Bundan tashqari, bahorda ko’pincha turli festivallar, yarmarkalar va madaniy tadbirlar o’tkaziladi, bu sayohatni yanada qiziqarli qiladi. «Kursiv» nashri xorijdagi tadbirlar dasturini tuzdi, ular aprel va may oylarida O‘zbekiston fuqarolari orasida eng mashhur yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi.
Tailandda «ho’l» Yangi yil
Songkran o‘zining asosiy an’anasi – suv sepish tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi. Dastlab, marosimning asosiy maqsadi yomg‘irni chaqirish edi, bu guruch hosilini kafolatladi. Buddizm ta’siri ostida suv yomon ishlardan poklanish ramzini anglatadi.
Ushbu bahorda Janubi-Sharqiy Osiyoga sayohat qilishni rejalashtirayotgan plyaj ishqibozlari Yangi yilni ikkinchi marta nishonlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 13-14 aprel kunlari bayram Tailand...