2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’limga bakalavriat bosqichiga 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Aksariyat abituriyentlar o‘zbek tilida hujjat topshirgan bo‘lsa, rus va qoraqalpoq tillarini tanlaganlar ham sezilarli bo‘ldi.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganlarning gender tarkibida ayollar soni erkaklarnikidan ko‘proq ekani kuzatildi. Ya’ni 386 ming nafardan ortiq qizlar va 346 mingdan ortiq yigitlar hujjat topshirgan.
Test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirish lozim. Aks holda ro‘yxatdagi abituriyent testga kiritilmaydi.
Yillar kesimida abituriyentlar soni
Oxirgi yetti yil ichida oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar...