24-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 15-28°, kunduzi esa 28-44° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
24-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 15-28°, kunduzi esa 28-44° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil etildi. Ushbu muhim lavozimga Saidа Mirziyoyeva tayinlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi.
Unga ko‘ra, Mirziyoyeva shu vaqtga qadar prezident maslahatchisi o‘rinbosari – prezident Administratsiyasi ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Saida Mirziyoyevani mukofotlagan edi.
Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Fadilloh bin Yusuf boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mehmonlar Samarqandda o‘tayotgan BMT forumida ishtirok etish hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Malayziya munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 25 foizga oshgani, qo‘shma korxonalar va aviaqatnovlar soni ko‘paygani ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tomonlar «yashil» energetika, neft-gaz, elektronika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, geologiya va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil yakunigacha...
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departament va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir fuqaroga 12 quti kuchli dorini 3,5 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sifat sertifikatisiz dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni sanoat korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlash choralari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qisqa muddatda sohaga $6 mlrdlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, elektr ishlab chiqarish hajmi 82 mlrd kilovatt-soatga yetkazildi.
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, shuningdek, 12 ta energiya saqlash tizimi ishga tushiriladi. Umumiy investitsiya hajmi $5 mlrddan oshadi. Shuningdek, 7,2 mlrdlik yangi 11 ta loyiha qurilishi boshlanadi.
Yirik nasos tizimlariga quyosh va saqlash qurilmalari o‘rnatilib, suv nasoslari iste’moli 6,5 milliarddan 4,5 mlrd kilovatt-soatga kamaytiriladi. Ishlar Qarshi magistral kanalidan boshlanadi.
Neft-gaz sohasida ham...
Rossiyada ishlash va yashash istagidagi xorijiy fuqarolardan olinadigan imtihon tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan sohasida nazorat bo‘yicha deferal xizmati ma’lum qildi.
Endilikda ish ruxsatnomasi yoki patent olish imtihonida eshitish bo‘limidagi topshiriqlar soni 2 tadan 4 taga oshiriladi. Shuningdek, eshitish va gapirish bo‘limlari uchun majburiy ball talab etiladi.
Bu o‘zgarishlar vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatnomasi imtihonlariga ham taalluqli bo‘lib, baholashning yagona yondashuviga erishish maqsadida joriy etilgan. Imtihon savollari 2025-yil 23-iyundan boshlab ikki baravarga kengaytiriladi.
Yangi tartib bo‘yicha imtihonlar 2025-yil 10-iyuldan boshlanadi. Rasmiylar bu choralar rus tilini bilish darajasini adolatli baholash va uni o‘rganishni rag‘batlantirishga xizmat qilishini...
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 2025-yilning may oyida ikkilamchi avtomobil bozori bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalarini e’lon qildi.
Tahlilga ko‘ra, may oyida ko‘plab avtomobillar narxi aprel oyiga nisbatan arzonlashgani kuzatildi. Bu jarayon bozor sharoitlari va iste’molchilar talabining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mahalliy ommabop avtomobillardan «Onix», «Lacetti», «Cobalt», «Nexia», «Spark» va «Damas» modellari narxida pasayish qayd etildi. Masalan, ko‘p foydalanilgan «Onix» narxi $800 ga arzonlashgan bo‘lsa, «Damas» modeli holatiga qarab $50 dan $200 gacha arzonlashgan. Bu o‘zgarishlar ikkilamchi bozorda taklif va talab o‘rtasidagi muvozanatni ko‘rsatadi.
Lyuks segmentdagi avtomobillar orasida «Equinox», «Malibu» va «Tracker» modellari bo‘yicha narxlar pasaygani...
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston jun, charm va aralash to‘qimalardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hamkorlik loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha hujjatlar ikki davlat biznes forumi doirasida imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) xabar berdi.
Yangi korxonalar O‘zbekiston hududida ochilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, tomonlar konchilik sohasidagi yirik qazilma konlarini o‘zlashtirish, elektr jihozlari va qurilish materiallari ishlab chiqarishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilgan.
Davlatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, o‘g‘itlar, maishiy texnika, poyabzal va boshqa tovarlar savdosini kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirdi. Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan O‘zbekistondagi investitsion muhitni yuqori baholab, vatandoshlarini qo‘shma loyihalarga sarmoya kiritishga chaqirdi.
Biznes-forum...
GSMArena xabariga ko‘ra, Apple iPhone 17 modelini ikkita yangi rangda sinovdan o‘tkazmoqda. Ular binafsha va yashil ranglaridir. Biroq kompaniya faqat bittasini tanlashi mumkin. Hozircha binafsha rang ustunlik qilayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, iPhone 17 Pro modeli uchun «moviy» rang ko‘rib chiqilmoqda. Bu rang telefon ko‘rinishini yangilashi kutilmoqda.
iPhone ranglari doim e’tibor tortadi, ammo bu safar eng katta yangilik ekran yangilanishi bilan bog‘liq. Avvalroq xabar berilishicha, iPhone 17 va 17 Air (iPhone Plus o‘rnini bosadi) modellari ilk bor 120 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran bilan chiqadi. Biroq ProMotion funksiyasi bu modellarda bo‘lmaydi. Bu imkoniyat faqat Pro versiyalarda qoladi.
Eslatib o‘tamiz...
Toshkent xalqaro aeroportida «Qo‘noq» brendi ostida yangi kapsula mehmonxonasi ochildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
U jo‘nash terminalining ro‘yxatdan o‘tish zalida, ya’ni steril bo‘lmagan hududda joylashgan. Mini-mehmonxonada jami 6 ta kapsula mavjud bo‘lib, ularning to‘rttasi standart bir kishilik, ikkitasi esa oilaviy (ikki kishilik) kapsulalardir.
Har bir kapsula shaxsiy yopiq zonani tashkil qiladi va zamonaviy qulayliklar bilan ta’minlangan. Ortopedik matras, choyshablar, shamollatish va yoritish tizimi, elektr rozetkalar, USB zaryadlash portlari, shaxsiy seyf, oyna, soatli ekran va kiyim ilgichi mavjud.
Narxlar bir kishilik kapsulalar uchun quyidagicha:
4 soatgacha – 400 ming so‘m; 6 soatgacha – 600 ming so‘m; 8 soatgacha...Vazirlar Mahkamasi fuqarolarni soxta chegirmalardan himoya qilishni rejalashtirmoqda. Aksiya va chegirmalarni tartibga solish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Hujjatning ishlab chiqilishiga ayrim sotuvchilarning marketing hiylasi sabab bo‘lgan. Ular tovar yoki xizmat narxini sun’iy ravishda avval oshirib, keyin esa «eski» narxni ko‘rsatib, uni go‘yoki chegirma sifatida taklif qilishmoqda. Hujjat mualliflariga ko‘ra, bu amaliyot iste’molchilar huquqlarining buzilishiga olib keladi.
Vazirlar Mahkamasi tovar chegirmasigacha amal qilgan narx sifatida aksiyadan oldingi 30 kun ichidagi eng past narxni ko‘rsatishni taklif qilmoqda.
Shuningdek, sotuvchilar xaridorlarga chegirma miqdori, aksiyaning muddati va shartlari haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni...
2025-yil 23-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi ilk bor Samarqand – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aviaqatnovni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Bu tarixiy parvoz bo‘lib, avval hech bir o‘zbek aviakompaniyasi bu ikki shahar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni yo‘lga qo‘ymagan edi.
Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Rossiyaning Primorskiy o‘lkasi o‘rtasida muhim havo koridorini ochadi. Bu ishbilarmonlik, turizm va gumanitar safarlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Parvozlar zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Vladivostok aeroportida ilk reys tantanali kutib olindi. Tadbirda Rossiya Turizm va Transport vazirliklari, O‘zbekiston Konsulxonasi va Primorskiy o‘lkasi gubernatori Oleg...
O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga pasayib, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.
Oldingi kurs (20-iyun): 12 496,94; Yangi kurs: 12 410,99; O‘zgarish: -85,95 so‘m.Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi.
Shu tariqa besh kun ichida AQSh dollari qiymati 218,19 so‘mga kamaydi. Bu esa ichki valyuta bozorida dollar kursining...
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens eronliklar Amerika hujumidan biroz oldin uranni qayerga olib o‘tgan bo‘lishi mumkinligi haqida savollar borligini tan oldi, deb yozadi The New York Times (NYT).
Avvalroq Isroilning bir necha rasmiylari AQSh Eron yadroviy obyektlariga zarba berishi arafasida Tehron 400 kg hajmdagi yoqilg‘ini olib chiqib ketgani haqida razvedka ma’lumotlari borligini ma’lum qilgandi.
«Yaqin haftalarda biz bu yoqilg‘i bilan nimadir qilish ustida ishlaymiz va bu biz eronliklar bilan gaplashmoqchi bo‘lgan masalalardan biridir», – dedi Di Vens ABC telekanaliga bergan intervyusida.
Olib chiqilgan uran taqdiri MAGATE rahbari Rafael Grossini ham tashvishga solmoqda. NYT ma’lumotlariga...
So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida «so‘m kuchaymoqda» degan fikrlar yangramoqda. Biroq soha mutaxassislari buni boshqacha izohlamoqda. Iqtisodchi Yuliy Yusupov dollar kursining pasayish sabablari haqida o‘z fikrini bildirdi.
Yil boshidan buyon AQSh dollari yevroga nisbatan deyarli 10 foizga, O‘zbekiston so‘miga nisbatan esa 3,3 foizga qadrsizlandi. Shu bilan birga, so‘mning boshqa asosiy valyutalarga nisbatan qadri pasaydi. Yevroga nisbatan – 7,2%, funt sterlingga – 4,2%, rublga – 22,4%, yapon yenasiga esa 4,8% ga pasaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari AQSh emas, balki Xitoy, Rossiya va Yevropadir. Shu nuqtai nazardan, so‘mning devalvatsiyasi inflyatsiya darajasida bo‘lib, bu uning real qiymatda mustahkamlanmagani...
TBC Bank gollandiyalik Triple Jump investitsiya kompaniyasidan $12,5 million miqdorida yangi moliyaviy resurslar jalb qildi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Moliyalashtirish ikki fond hisobidan taqdim etilgan:
$5 million – Global Gender-Smart Fund (GGSF) tomonidan, $7,5 million – ASN Microkredietpool orqali ajratildi.Mazkur mablag‘lar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B)ni kreditlash, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, ayollar va ayollar boshchiligidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
«Triple Jump bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda. Bu kelishuv orqali kredit portfelimizdagi muhim segment – KO‘B kreditlarini kengaytirish imkoniga egamiz. Asosiy maqsadimiz — O‘zbekistonda zamonaviy va inklyuziv moliyaviy xizmatlar...
Buxoro viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Yangi tariflarga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab ichimlik suvi narxi bir kubometr uchun quyidagicha bo‘ladi:
aholi uchun – 4480 so‘m (2024-yilda 4000 so‘m etib belgilangandi); issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun – 4480 so‘m; budjet tashkilotlari uchun – 9520 so‘m (8500 so‘m); ulgurji iste’molchilar uchun – 9520 so‘m (8500 so‘m).Oqova suvi xizmati uchun:
aholiga – 4256 so‘m (3800 so‘m); issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun – 4256 so‘m; budjet tashkilotlari – 6272 so‘m (5600 so‘m); ulgurji iste’molchilarga – 6272 so‘m...Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Eronning IRNA agentligi xabar berishicha, respublika tashqi ishlar vaziri rahbari AQSH va Isroilning Eron hududiga zarbalari munosabati bilan Rossiya yetakchisi va yuqori martabali amaldorlar bilan mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha maslahatlashish niyatida.
Sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan bizning pozitsiyamiz yaxshi ma’lum. U aniq bayon etilgan.>...
Kolorado-Springs shahridagi Kolorado universiteti olimlari Sererada kosmik lift qurish imkoniyatini o‘rganishdi. Ular bu tadqiqotni ugleroddan yasalgan juda yupqa va mustahkam naychalar (nanotrubkalar) ishlab chiqaruvchi Industrial CNT kompaniyasi bilan birga olib bordi.
Serera – asteroidlar kamaridagi eng katta jism bo‘lib, uning taxminan chorak qismini suv tashkil etadi. Ushbu suv nafaqat hayot uchun zarur, balki raketa dvigatellari uchun yonilg‘i manbai boʻlishi mumkin. Uni Sereraning tortishish maydonidan olish va tashish uchun kosmik lift qo‘l keladi.
Tadqiqot jarayonida uzunligi 30 ming kilometrga yaqin, Sereraning diametridan 30 baravar katta bo‘lgan lift qurish imkoniyatlari o‘rganilgan. Agar u uglerod nanotrubkalaridan yasalgan bo‘lsa, lift 6,5 tonnaga yaqin...
«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 16-iyundan 20-iyungacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2 foizga pasaydi.
O‘zRTXB aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,16 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Aloqabank» (+2,44%), «O‘zbektelekom» (1,82%) va «O‘zmetkombinat» (1,49%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Qizilqumsement» aksiyalari 7,27 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «Aloqabank» (imtiyozli aksiyalar – 4,61 foiz), «Kvarts» (4,04 foiz) va «O‘zbektelekom» (imtiyozli aksiyalar – 3,75 foiz) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.
Boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, «UzAuto Motors» va «Turonbank» aksiyalarining narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha...
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors avtomobillaridan birining juda yuqpa materialdan qilinganiga oid tasvirlar tarqaldi. Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors avtomobillari qanday sifat tekshiruvlaridan o’tkazilishi bo‘yicha «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video
«Kafolat faqat vakolatli dilerlar orqali sotilgan avtomobillarga taalluqli bo‘lib, odatiy sharoitlarda foydalanilayotgan avtomobillar uchun 36 oy yoki 100 000 km yurish masofasini tashkil qiladi (avtomobil egasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi), qaysi biri avvalroq yuz bersa, shu asos bo‘ladi. Avtomobilni to‘g‘ri texnik holatda saqlash va kafolatning saqlanib qolishini ta’minlash uchun, siz avtomobildan foydalanish bo‘yicha barcha qoidalarga, ishlab chiqaruvchi tavsiyalariga va...
TBC Capital (Gruziya) kompaniyasi O‘zbekiston kapital bozorida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Istiqlolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Ushbu maxsus rejim doirasida TBC Capital global kastodianlar, xalqaro depozitariylar, xorijiy investorlar hamda investitsiya vositachilari uchun vositachi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik portfel investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot uchun, kompaniya – Gruziyaning TBC Bank AJ tarkibiga kiruvchi sho‘ba korxona hisoblanadi. TBC Bank Group PLC esa LSE (London fond birjasi)da ro‘yxatga olingan kompaniya bo‘lib, TBC Capital uning 100 foizlik sho‘ba korxonasidir.
So‘nggi yillarda kompaniyani Global Finance jurnali 2024 va 2025-yillarda...
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan joriy yilning 24–25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Xususan, savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, sammit yakunida ikki davlat o‘rtasida bir qator hujjatlar va kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan...
2025-yil 18-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan «Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq, kuryer – tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida belgilanadi.
Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar yoki yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqiga ega. Bunda nazorat-kassa texnikasidan foydalanish va to‘lov haqida elektron yoki qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etish majburiy hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlar...