Eron rasmiylari AQSh bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan, biroq bu jarayon boshlanishi uchun avvalo Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy hujumlar to‘xtatilishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Washington Post nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
Muzokaralar bo‘yicha vositachilik tashabbusini Omon va Qatar davlatlari ilgari surmoqda. CNN telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Milliy xavfsizlik kengashiga Eron tomoni bilan muloqot o‘rnatish uchun zudlik bilan chora ko‘rishni topshirgan. Shuningdek, u «Katta Yettilik» (G7) sammitini muddatidan oldin tark etib, Oq uyda vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik esa keskin tus olib bormoqda. Isroil...