Poytaxtning 17 ta parkida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar davomida attraksionlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 45 ta qurilmaning texnik pasporti yo‘qligi, 23 tasida ekspluatatsiya uchun mas’ul xodim tayinlanmagani va 39 tasining mavsumiy ruxsatsiz ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruvlar 8-sentabr kuni Dombirobod City turarjoy majmuasidagi fojiali hodisadan so‘ng kuchaytirildi. Qurilish jarayonida kran qulab tushib, bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi og‘ir tan jarohati olgandi. Shundan so‘ng poytaxtda xavfsizlik standartlariga rioya etilishini tekshirish bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi.
Nazorat ko‘lami faqat parklar bilan cheklanib qolmadi. Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar liftlarida o‘tkazilgan ko‘rik natijasida 9 147 ta lift...