FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun chiptalarga bo‘lgan talab rekord darajaga yetganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hozirga qadar turnir o‘yinlariga 500 milliondan ortiq chipta so‘rovlari kelib tushgan.
FIFA xabarida aytilishicha, mezbon davlatlar — AQSh, Meksika va Kanadadan tashqari eng ko‘p chipta so‘rovlari Germaniya, Angliya, Braziliya, Ispaniya, Portugaliya, Argentina va Kolumbiya muxlislari tomonidan yuborilgan.
Avvalroq FIFA ayrim chiptalar narxi $8,6 minggacha yetgani sababli tanqidlarga uchragandi. Shundan so‘ng tashkilot har bir o‘yinga $60 lik chiptalar ajratilishini e’lon qildi. Ushbu chiptalar turnirda ishtirok etayotgan 48 milliy federatsiya orqali tarqatiladi va ularni avvalgi o‘yinlarga borgan muxlislar o‘rtasida taqsimlash masalasi federatsiyalarning o‘z ixtiyorida...