AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Vitkoff Moskvaga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, bu Vitkoffning Tramp nomidan Rossiyaga amalga oshiradigan ikkinchi safari bo‘lib, u Yaqin Sharqdagi mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun kelmoqda.
Uning safar rejasiga Saudiya Arabistonida Ukraina rasmiylari bilan uchrashuvlar ham kiradi. Bu uchrashuvlarda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Valts ham ishtirok etishi kutilmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukraina va Rossiya bilan «katta uchrashuvlar» o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv tafsilotlari hali rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Trampning atrofidagi siyosiy maslahatchilari uning tashqi siyosat...