Endilikda faqat xavflilik darajasi I sinfga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, olib kirish va ishlatish ruxsat etiladi, II – V sinflar esa taqiqlandi. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, pirotexnik tarkibning yonishi yoki portlashi natijasida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilishga mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari hisoblanadi.
Qonunda pirotexnika buyumlari xavflilik zonasi va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar darajasiga qarab xavflilikning I – V sinflariga ajratilishi belgilangan. Unga muvofiq, O‘zbekistonda xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, mamlakat hududiga olib kirish...