Eron mamlakat yadro quroliga ega emasligini kafolatlovchi bitim tuzishga tayyorligini bildirdi, dedi Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi.
Vazirning qayd etishicha, Tehron tinch yadroviy energiya sohasidagi qonuniy huquqlarini cheklovchi kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Araqchining soʻzlariga koʻra, hammasi kelishuv maqsadlariga bogʻliq: agar u xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan boʻlsa, Eron muloqotga ochiq, lekin agar gap suveren huquqlardan mahrum qilish haqida ketsa, kelishuv boʻlmaydi.
U, shuningdek, Isroil bilan keskinlashuvga izoh berdi. Araqchining aytishicha, Eron Tel-Aviv agressiyasini to‘xtatsagina javob choralarini to‘xtatadi. Vazirlikning fikricha, Isroil hujumlari Eron va AQSh o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning ehtimoliy qayta tiklanishini buzishga urinish bo‘lgan.
Tashqi ishlar vazirining qoʻshimcha qilishicha, Eron Amerika tomondan norasmiy diplomatik...