Belkin kompaniyasi yangi BoostCharge Pro 3-Port GaN Wall Charger 70W modelini rasman namoyish etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Qurilma $40 narxda baholandi. Bu xuddi shunday xususiyatlarga ega Anker Nano quvvatlagichidan $10 arzon.
Yangi adapterning korpusida ikkita USB-C va bitta USB-A port mavjud. Bitta qurilma ulanganda quvvatlagich 70 Vt to‘liq quvvatni beradi. Ikki port ishlatilganda quvvat 45 Vt va 25/22,5 Vtga bo‘linadi. Uchta port bir vaqtda ishlaganda asosiy USB-C 45 Vt, qolgan ikki port esa 12 Vtdan uzatadi.
Qurilma PD 3.1 va PPS standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Belkin ma’lumotiga ko‘ra, adapter iPhone 16 Pro smartfonini 27 daqiqada 50%, Samsung Galaxy...