2027-yilgi Chevrolet Tahoe va Chevrolet Suburban modellarida Keyless Entry Pad opsiyasi endi taklif etilmaydi. Avval ushbu tizim barcha komplektatsiyalar uchun $295 narxda mavjud edi.
GM Authority xabar berishicha, Keyless Entry Pad haydovchiga an’anaviy kalit pultisiz avtomobil eshigini ochish imkonini berardi. Haydovchi eshigi yonidagi besh xonali klaviaturaga maxsus kod kiritish orqali mashinani qulfdan chiqarish mumkin bo‘lgan.
Opsiya nima sababdan bekor qilingani noma’lum
General Motors hozircha Keyless Entry Pad nega 2027-yilgi Tahoe va Suburban’dan olib tashlanganini rasman tushuntirmagan.
Biroq kompaniya bu modellarda yangi Digital Key funksiyasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Ushbu texnologiya 2026 va 2027-yilgi Tahoe hamda Suburban’da dekabr oyidan faollashtirilishi...