Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ayrim og‘ir jinoyatlar, xususan, bola qotillari va pedofillarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishi kerak, degan fikrni bildirdi.
Qodirov Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq voqeaga munosabatida ayrim toifadagi jinoyatchilarni umrbod jamiyatdan ajratib qo‘yishning o‘zi yetarli emas, deb hisoblashini yozgan.
«O‘lim jazosi zaruratdir»
Shuningdek, o‘qing: Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik: ayrim xodimlar ishdan olindi
Deputat o‘lim jazosini ayrim og‘ir jinoyatlar uchun zarur chora sifatida ko‘rishini bildirdi. Uning fikricha, qasddan odam o‘ldirganlar, ayniqsa bolalar qotillari va pedofillarga nisbatan keskinroq jazo qo‘llanishi...