Xitoyning Li Auto kompaniyasi o‘zining birinchi sof elektr krossoveri – Li i8 modelining rasmiy suratlarini taqdim etdi. Ilgari faqat gibrid avtomobillari bilan tanilgan kompaniya endi elektr transport vositalari bozorida ham o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu haqda autoreview nashri ma’lum qildi.
Li Auto so‘nggi yillarda sezilarli yutuqlarga erishib, 2023-yilda 500 mingdan ortiq avtomobillar sotdi. Biroq sof elektr modellariga o‘tish jarayoni unchalik tez bo‘lmadi. O‘tgan yili kompaniya o‘zining birinchi to‘liq elektr miniveni – Li Mega’ni taqdim etgan edi, ammo bu model krossoverlar kabi katta talabga ega bo‘lmadi. Shu bois Li i8 krossoverining dizayni qayta ko‘rib chiqildi va hozir u rasmiy...