Xitoyda yangi BYD Leopard 5 (Fang Cheng Bao Bao 5) Intelligent Driving Edition sotuvga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.
Oddiy versiyadan farqli o‘laroq, yangilangan model tomga o‘rnatilgan lidar va AI yordamchisi bilan jihozlangan bo‘lib, u nafaqat yo‘lda marshrutni rejalashtiradi, balki she’r yozish, rasm chizish va xarid qilish kabi funksiyalarni ham bajara oladi.
Yangi model to‘rtta versiyada taqdim etiladi. BYD God’s Eye aqlli haydash tizimi bilan jihozlangan versiyalari $33 – 35,8 mingdan, Huawei Qiankun ADS 3.0 tizimi o‘rnatilgan variantlari esa $39,2 mingdan $45,4 minggacha baholangan.
Ichki qulayliklar qatorida 4,5 litrli muzlatkich, 12,3 dyuymli asboblar paneli ekrani, 15,6 dyuymli...