Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesni Nikolas Maduro oʻrniga vaqtinchalik prezident etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Sud bayonotiga koʻra, ushbu qaror mamlakatda ma’muriy uzluksizlikni ta’minlash va davlat xavfsizligini saqlash maqsadida qabul qilingan. Delsi Rodriges davlat rahbari vakolatlarini vaqtincha oʻz zimmasiga oladi.
Shu bilan birga, Rodriges avvalroq Venesuela davlat televideniyesida chiqish qilib, Nikolas Maduro mamlakatning yagona qonuniy prezidenti boʻlib qolayotganini ta’kidlagan. U AQSh tomonidan amalga oshirilgan harbiy aralashuvni qoralab, hukumat xalqni himoya qilishda qat’iy ekanini bildirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Post nashriga bergan qisqa izohida agar Venesuela yangi ma’muriyati AQSh...