AQSh prezidenti Donald Tramp iPhone’lar xorijda, xususan, Hindistonda ishlab chiqarilayotganidan norozi. U Apple kompaniyasini ishlab chiqarishni Qo‘shma Shtatlarga qaytarishga da’vat etmoqda. Aks holda xorijda yig‘ilgan iPhone’larga kamida 25 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Fox Bussines nashri ma’lum qildi.
Biroq mutaxassislar bu g‘oyaning iqtisodiy jihatdan asossiz va real hayotda amalga oshishi murakkab ekanini ta’kidlashmoqda.
Wedbush Securities eksperti Den Ayvz hisob-kitoblariga ko‘ra, iPhone’ni to‘liq AQShda ishlab chiqarish texnologik infratuzilmani noldan yaratishni talab qiladi va bu kamida 5-10 yil vaqt oladi. Bundan ham muhimrog‘i, bu transformatsiya mahsulot narxiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Ayvzga ko‘ra, AQShda yig‘ilgan iPhone’larning bahosi...