8-iyul kuni OnePlus kompaniyasi o‘zining yangi OnePlus Buds 4 simsiz quloqchinlarini global miqyosda namoyish qildi. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar qildi.
Kompaniya shu bilan birga 43 mm o‘lchamdagi Watch 3 aqlli soatini ham taqdim etdi. Buds 4 quloqchinlarining narxi $129.99.
Quloqchinlarning eng asosiy xususiyati – ikkita dinamikli audio tizimi. 11 millimetrli bass uchun mo‘ljallangan dinamik va 6 millimetrli yuqori chastotali dinamik. Har bir dinamik alohida DAC (raqamli-analog konvertor) bilan ta’minlangan bo‘lib, bu esa flagman darajadagi ovoz sifatini ta’minlaydi.
OnePlus Buds 4 LHDC 5.0 kodekni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 24-bit/192 Hz namunaviy chastotaga ega, yo‘qotilmas (lossless) audio uzatishni ta’minlovchi zamonaviy kodek hisoblanadi...