Vazirlar Mahkamasi elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish bo‘yicha onlayn platforma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Hujjat Lex.uz saytida e’lon qilingan.
Vakolat.uz platformasi 2026-yil 1-yanvardan ishga tushiriladi. U orqali fuqarolar va tashkilotlar ishonchnomalarni rasmiylashtirish, o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiyligini tekshirish imkoniga ega bo‘ladi. Platformadan foydalanish bepul bo‘ladi.
Yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda o‘zlari tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Elektron ishonchnomalar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan majburiy tarzda qabul qilinadi va qog‘oz shaklidagi ishonchnoma bilan teng huquqqa ega bo‘ladi.
Ishonchnomani rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi OneID orqali ro‘yxatdan o‘tishi va arizani elektron raqamli imzo yoki Face ID orqali tasdiqlashi kerak. Shundan so‘ng...