O‘zbekistonda oltin quymalari narxlari keskin oshishda davom etmoqda. 2025-yil boshidan buyon oltin quymalari narxi 49 marta ko‘tarilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 29-dekabr holatiga 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan oshdi. 10 grammli quymaning qiymati 17,9 mln so‘mga yetdi.
Shuningdek, 20 grammli quymalar 35,8 mln so‘m, 50 grammli quymalar esa 89,6 mln so‘mga baholandi. 100 grammli oltin quymaning narxi 179,2 mln so‘mni tashkil etdi.
Jahon bozorida ham oltin qimmatlashmoqda. 26-dekabr kuni oltin narxi birinchi marta bir unsiya uchun $4,5 mingdan oshdi. Reuters xabariga ko‘ra, bunga AQShda foiz stavkalari pasayishi kutilayotgani va investorlarning himoyalangan aktivlarga bo‘lgan talabi...