World Atlas nashri dunyoning eng boy davlatlari reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatni tuzishda mamlakatning umumiy yalpi ichki mahsuloti (YAIM) emas, balki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIMning xarid qobiliyati pariteti asos qilib olingan.
Quyida 2025-yilning eng boy 10 davlati va ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. Lixtenshteyn – $201 ming
Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini Yevropaning kichik tog‘li davlati Lixtenshteyn egalladi. Aholi jon boshiga daromad bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan ushbu davlat iqtisodiyoti yuqori qiymatli ishlab chiqarish va rivojlangan moliya sektoriga asoslangan.
2. Singapur – $156,9 ming
Osiyoning yirik moliya va savdo markazi bo‘lgan Singapur ikkinchi o‘rinda qayd...