Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan inshootlar va istiqboldagi loyihalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘zdan kechirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shahar qurilishiga 2023-yilda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, loyiha doirasida Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19,7 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Shaharsozlik konsepsiyasi Buyuk Britaniyaning «Cross Works» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirga kelib 100 dan ziyod loyiha jadal davom etmoqda.
2025-yil yakunida yangi shaharda qurilish maydonlari 3 mln kvadrat metrga yetdi. Bir qancha uy-joy massivlari va infratuzilma obyektlari yakuniy bosqichga kirgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda ishlar olib borilmoqda, natijada 600 ming aholi uchun...