2025-yilning yanvar – noyabr oylarida qariyb 7 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan deyarli 1,3 million nafarga yoki 23 foizga oshgan.
Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p qo‘shni davlatlarga safar qilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelib, bu mamlakatga 3,1 million nafar o‘zbekistonlik borgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (1,3 million) va Tojikiston (1,2 million) joy olgan. Uzoq xorij mamlakatlari orasida Rossiya yetakchi bo‘lib, unga 399 ming nafar fuqaro safar qilgan.
Shuningdek, Saudiya Arabistoniga 296,4 ming, Turkiyaga 251,1 ming, Birlashgan Arab...