Antaliya shahrida o‘tkazilgan para taekvondo bo‘yicha «Turkish Open» xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatga erishdi. G2 tasnifiga kiruvchi va Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqada respublika sportchilari 27 mamlakatdan 180 nafar ishtirokchi orasida 9 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning 12 nafar para taekvondochisi ishtirok etdi va ularning 9 nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Shulardan 1 ta oltin, 4 ta kumush, va 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Oltin medalni Qudrat Muhammadiyev (-80 kg), kumush medallarni esa Kamola Jo‘rayeva (-57 kg), Qudratjon Haydarov (-63 kg), Javohir Aliqulov...