Samsung kompaniyasi yangi avlod Galaxy S26 flagman smartfonlarini taqdim etishni ikki oyga surdi. Bu haqda Techmaniacs nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kechikish sababi – bazaviy Galaxy S26 modelining ishlab chiqish va dizayn bosqichidagi muammolardir.
Dastlab seriyaning taqdimoti 2025-yil yanvar oyiga rejalashtirilgan edi, biroq endi u mart oyiga ko‘chirildi. Shunga qaramay, Galaxy S26 Ultra modeli ustida ishlar allaqachon yakunlangan va u ommaviy ishlab chiqarishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra 10-bitli ekran bilan jihozlanadi, bu milliardlab ranglarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa avvalgi 8-bitli Galaxy S25 Ultra ekraniga nisbatan sezilarli yaxshilanish hisoblanadi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy protsessorida ishlaydi...