2025-yilning birinchi yarmi yakunida eng yaxshi kamerali smartfonlar reytingi e’lon qilindi. Endilikda iPhone eng kuchli kamerafon emas – Android flagmanlari reytingda o‘zib ketdi. Bu haqda T-J nashri ma’lum qildi.
Nashr ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan yangilangan reytingga ko‘ra, hozirgi eng yaxshi kamerafon – Google Pixel 9 Pro hisoblanadi. U uchta kuchli kamerasi, ixcham va qulay korpusi, tez ishlovchi interfeysi va kuchli sun’iy intellekt yordami bilan ajralib turadi. Asosiy 50 megapikselli modul algoritmlar bilan uyg‘un ishlaydi, 48 megapikselli qo‘shimcha sensorlar esa sifatli zum va keng burchak imkonini beradi.
Xiaomi 15 Ultra ham kuchli suratga olish imkoniyatlari bilan reytingga kirdi. Orqa paneldagi...