«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 10-oktabrdan 17-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,9 foizga pasaydi.
Ushbu davr mobaynida «Uzbekinvest» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 11,97 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishbank» (+6,90%) va «O‘zRTXB» (+6,78%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari 42,10 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Garant bank» (-28,47%) va «O‘zbektelekom» (-7,53%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Qashqadaryo texnologik transport» (1098 ta), «Kapital sug‘urta» (481 ta) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (450 ta bitim) peshqadam...