Xufiyona faoliyat yuritib, «konvertda» oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi
«Konvertda» maosh beruvchi, xufiyona faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Bugun davlat rahbari raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.
Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. O‘tgan davr mobaynida korxonalar soni 1,5 karra oshib, ularda ishchilar soni 220 mingga ko‘paydi.
Muhimi, ko‘plab korxonalar «soya»dan chiqib, ish haqi rasmiy ko‘rsatila boshladi, natijada ish haqi 3,2 karra...