Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarini litsenziyalashda «asoslantirilgan mulohaza» mexanizmidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
«Asoslantirilgan mulohaza» – bu qonunchilik talablariga qo‘shimcha ravishda qo‘llaniladigan professional baholash usuli hisoblanadi. Ushbu yondashuvda ko‘rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni uning rasmiy mazmunidan ustuvor deb qabul qilinadi.
Litsenziyalovchi organ o‘z xulosasini shakllantirishda turli manbalarga tayanadi. Bular safiga faoliyatni nazorat qilish jarayonida olingan ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro hamda chet el nazorat organlarining xabarlari, shuningdek, boshqa ochiq manbalardagi dalillar kiradi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan shakllantirilgan ushbu «asoslantirilgan mulohaza» talabgorga litsenziya berishni rad etish uchun to‘laqonli asos bo‘lib xizmat...