O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev «Dubay 24 soat» turnirida «Rossa Racing» ekipajiga boshchilik qiladi. Bu haqda jamoa asoschisi Roman Rusinov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Ekipaj a’zolari qatoridan Roman Rusinov, BAA vakili Amna Al-Kubaysi va yosh poygachi Vyacheslav Gutak joy olgan. Jamoa musobaqada «Rossa LM GT» avtomobili bilan ishtirok etadi. Mazkur model ilk bor 2025-yilning yanvar oyida namoyish etilgan va debyutdayoq mutaxassislar e’tiborini tortgan edi.
21 yoshli Ismoil Ahmedxo‘jayev uchun Dubaydagi sutkali marafon faoliyatidagi yangi bosqich bo‘lishi kutilmoqda. «Dubay 24 soat» poygasi dunyodagi eng nufuzli chidamlilik poygalaridan biri bo‘lib, unda haydovchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnikaning ishonchliligi asosiy o‘ringa chiqadi.
2026-yilgi...