O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagilarga 20 foizgacha chegirma qo‘llanadi:
madaniy meros obyektlari, muzeylar va yodgorliklarga kirish chiptalariga; mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellardagi xizmat narxlariga; ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga.Chegirma asosidagi mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellar bilan ushbu portal.gov.uz havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
«Ayni vaqtda turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda», deyiladi qo‘mita xabarida.