O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari tugallandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. Bitim 2025-yil 1-iyundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududiga o‘zaro vizasiz safarlariga doir masalalarni tartibga solinadi.
Bitimga muvofiq, Tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.
Tomonlarning davlatlari hududiga har bir kirish va bo‘lish muddati 30 kun etib...