Apple kompaniyasi bir necha yildan buyon ishlab chiqarilmayotgan Apple iMac Pro monoblokini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda MacRumors xabar bermoqda.
Dasturiy ta’minot kodida aniqlangan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya yuqori unumdorlikka ega yangi iMac ustida ish olib bormoqda.
Manbalarga ko‘ra, Apple kodida J833c identifikatoriga ega iMac modeli tilga olingan. Ushbu qurilma H17C platformasida ishlashi qayd etilgan. Mutaxassislar H17C platformasi Sotra C kod nomi bilan bog‘liqligini, bu esa Apple’ning navbatdagi kuchli protsessori – SoC M5 Max’ga mos kelishini ta’kidlamoqda.
Avval ham Apple dasturiy ta’minotida topilgan shunga o‘xshash kodlar keyinchalik rasmiy taqdimotlar bilan mos kelgani qayd etilgan. Shu sababli yangi iMac Pro‘ning...