25-iyun kuni Nvidia’ning har bir aksiya uchun narx $154,45 ga yetib bordi. Bu natija dunyodagi eng qimmat jamoat kompaniyasi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Savdolar yakuniga ko‘ra, aksiyalar $154,31 ni tashkil etdi va kun davomida 4,3 foizga oshdi. 26-iyun ertalabki premarketda kotirovkalar yana 1,02 foizga o‘sib, $155,88 ga yetdi.
Kompaniyaning bozor qiymati $3,76 trillion deb baholandi. Bu ko‘rsatkich Microsoft’ning $3,66 trillionlik kapitalizatsiyasidan yuqori bo‘lib, Nvidia iyun oyida ikkinchi bor kapitalizatsiya bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi.
Yangi prognozlarga ko‘ra, Nvidia bozor qiymati $4,9 trillionga yetishi mumkin. Bernstein Research va boshqa yetakchi tahlil markazlari Nvidia va boshqa chip...