Elektromobillar global transportning yangi bosqichini boshlab berdi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda elektromobillar neftga bo‘lgan talabni kuniga 1,3 million barrelga qisqartirdi. Buning eng katta hissasi Xitoy brendlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu maqolada Xitoyning eng kuchli 5 ta elektromobil brendi va ularning asosiy maqsadlari haqida hikoya qilinadi.
BYD
BYD hozirgi kunda Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini 1995-yilda oddiy batareya ishlab chiqarishdan boshlagan bo‘lsa-da, bugungi kunda Tesla bilan hajm bo‘yicha raqobatlasha oladigan darajaga yetdi. BYD’ni boshqalardan ajratib turadigan jihat — to‘liq vertikal integratsiya bo‘lib, kompaniya mashinalaridagi aksar qismlarni, xususan, mashhur Blade Battery akkumulyatorlaridan tortib...