Xitoyda yangi Audi A6L e-tron avtomobili dilerlarga yetib kela boshladi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.
Model maxsus elektromobillar uchun yaratilgan PPE platformasiga asoslangan. Audi A6L e-tron 800 voltli elektr arxitekturasiga ega. Avtomobilning yurish zaxirasi CLTC sikliga ko‘ra, 785 kmni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash tizimi batareyani 10 foizdan 80 foizgacha atigi 21 daqiqada to‘ldirish imkonini beradi.
Model Audi’ga xos dizaynda ishlab chiqilgan. Old qismida yoritiluvchi logotip mavjud. Avtomobil ikki dona lidar bilan jihozlangan. Opsiya sifatida matritsali faralar va elektron yon ko‘zgular taklif etiladi. Gabaritlari 5073×1942×1522 mm, g‘ildirak bazasi 3076 mm. Standart g‘ildiraklar 20 dyuymli.
Old panelda uchta ekran joylashtirilgan...