O‘zbekiston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat sifatida bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirdi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, zo‘ravonlik holatlariga tezkor chora ko‘rishning samarali tizimini ishlab chiqish zarurati ta’kidlandi. Mirziyoyevaning bildirishicha, ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi va ko‘p narsa yashiriladi. Statistikani oshkor qilishdan, tanqidga duch kelishdan yoki obro‘ yo‘qotilishidan qo‘rqish, muammoni hal qilishni kechiktiradi.
Mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlikning oldini olish choralari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Saida Mirziyoyeva...