«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 5-dekabrdan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,31 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 20,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Trastbank» (+12,57%) va «O‘zRTXB» (+5,42%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zbektelekom» aksiyalari 12,97 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari,«Biznesni rivojlantirish banki» (-10,23%) va «Hamkorbank» (-4,21%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Aloqabank» va «Dori-Darmon» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «O‘zRTXB» (557 ta bitim), «Hamkorbank» (436 ta) va «O‘zmetkombinat» (362 ta) peshqadam...