Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Uning rafiqasi Buxra Bibi ham korrupsiyada aybdor deb topilib, 7 yilga qamalgan. Sobiq bosh vazir va uning rafiqasi 2018-yilda pora sifatida yer olganlikda va Al-Qadir Trust orqali noqonuniy daromad orttirganlikda ayblangan. Ular ayblovlarni rad etgan.
Imron Xon 2018 – 2022-yillarda bosh vazir lavozimini egallagan, ammo ishonchsizlik ovozi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan.
Shuningdek, uning tarafdorlaridan bir nechtasi harbiy obyektlarga hujumlarda ishtirok etgani uchun 2-yildan 10-yilgacha qamoq jazolariga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvar oyida davlat sirlarini oshkor qilish...