Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) terma jamoalar boʻlimining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev oʻzining Instagram sahifasida keskin bayonot bilan chiqdi. U jamoani tark etish qarorini tushuntirar ekan, milliy terma jamoada yuz berayotgan voqealarni «sirk» deb atadi.
«Ishni tashlab ketish men uchun juda ogʻir va alamli qaror boʻldi. Ammo hozirgi sharoitda qolish mumkin emas edi. Biz bu jamoa bilan uzoq yoʻlni bosib oʻtdik. Futbolchilarimiz ham, futbol jamoatchiligi ham yaxshiroq munosabatga loyiq edi», deb yozdi Igamberdiyev.
Unga koʻra, jim qolib, mukofotlar, chet el safarlari va chiroyli suratlar evaziga rozi boʻlish mumkin edi. Biroq sobiq rahbar bunday yoʻlni tanlamaganini...