UEFA Chempionlar ligasining 6-turi doirasida «Arsenal» mehmonda Belgiyaning «Bryugge» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Noni Madueke dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Gabriel Martinelli mualliflik qildi.
O‘yin londonliklarning to‘liq ustunligi ostida boshlanib, 25-daqiqada Noni Madueke hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida, 47-daqiqada Madueke Martin Subimendi uzatmasidan so‘ng o‘zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi.
Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, 56-daqiqada Gabriel Martinelli hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi (0:3). O‘yin davomida hakam Kristian Nergor va «Arsenal» himoyachisi Ben Uaytga sariq kartochka ko‘rsatdi. Mikel Arteta shogirdlari ushbu ishonchli g‘alaba orqali turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib...