2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi $72,2 milliardga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, $36,8 milliard davlat tashqi qarzi, $35,4 milliard korporativ tashqi qarz. Korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb qilingan mablagʻlar ham mavjud. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan tashqi qarz miqdori $1,9 mingni tashkil etmoqda.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va reyting agentliklari Oʻzbekiston tashqi qarzini oʻrtacha darajada deb baholab, uning asosan imtiyozli shartlarda olinganini qayd etmoqda.
Davlat qarzi 2025-yilning ikkinchi choragida $785 millionga oshib, $43,38 milliardga yetgandi. Unga ko‘ra, yil boshidan buyon qarz hajmi...