Davlat soliq xizmati 2025-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangilangan statistikani e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 14,5 mln kishidan oshgan. Shundan 13,7 mln nafari faol foydalanuvchilar hisoblanadi. Shaxsini tasdiqlagan foydalanuvchilar soni esa 8,8 mln nafarga yetgan.
Noyabr oyidagi foydalanish hajmi 89,8 mln martani tashkil etdi. Eng ko‘p foydalanilgan xizmatlar quyidagilar bo‘ldi: eng katta ulush xarid cheklarini keshbekka topshirish xizmatiga to‘g‘ri kelib, 32,4 mln marta ishlatilgan. Soliqlarni to‘lash xizmati orqali 21 mln martadan ortiq murojaat amalga oshirilgan. Soliq Biznes bo‘limi esa 2,6 mln marta foydalanilgan. Soliq hamkori xizmati 1,58 mln marta, quyoshli xonadon...