2025-yilning iyul oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming donani tashkil etib, bu o‘tgan oyga nisbatan 27 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori natija bo‘lgan.
Yengil avtomobillar bozori
Iyul oyida yengil avtomobillar segmentida savdo hajmi sezilarli darajada oshdi. Umumiy savdo hajmi qariyb 100 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 25 foizga ko‘p.
Eng yuqori o‘sish Toshkent (51%), Namangan (49%) va Xorazm (40%) viloyatlarida kuzatildi.
Taqqoslash uchun, iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3 foizga oshgan bo‘lsa, iyulda...