Xiaomi’ning Redmi Note 15 Pro 4G smartfoni rasmiy e’lon qilinmasidan avva oshkor bo‘ldi. Qurilma narxi 293 yevro bo‘lib, u 300 yevrodan arzon segmentga kiradi.
Redmi Note 15 Pro 4G 6,77 dyuymli OLED ekran bilan jihozlanadi. Displey o‘lchami 5G-versiyadagi 6,83 dyuymlik paneldan biroz kichik hamda ruxsati 1080p+ darajasida bo‘ladi. 5G modelida esa 1280p+ qo‘llaniladi. Smartfon 6 500 mA/soatli batareya bilan ta’minlangan va 45 Vt quvvatli simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya sig‘imi 5G talqiniga yaqin bo‘lib, u yerda 6 580 mA·soat ko‘rsatkich qayd etilgan.
Protsessor sifatida MediaTek’ning Helio G200 Ultra chipi ishlatiladi. Bu 5G modelidagi Dimensity 7400 Ultra platformasidan pastroq toifaga...