Xitoyning Zeekr kompaniyasi 2021-yil oktabrda taqdim etgan 001 modelidan hozirgacha 500 ming dona ishlab chiqardi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.
Kompaniyaning yubiley modeli Zeekr 009 Light and Shadow flagman elektrominiveni bo‘ldi.
Yangi model narxi 789 ming yuan (taxminan $110 ming) bo‘lib, 3,9 soniyada 100 km/soatgacha tezlikka chiqa oladigan ikkita elektromotordan iborat. Zaxira yurish masofasi 702 kmni tashkil etadi. 108 kVt 5C akkumulyator tizimi va 800 voltli elektr arxitekturaga ega.
Salon qismi maxsus devor bilan bo‘lingan, 43 dyuymli ekran, sovutkich, 31 ta dinamikli Yamaha audio tizimi (3000 Vt) va Qualcomm 8295 ikki platformali tizim, 64 ta fon ilovasini qo‘llab-quvvatlaydi.