Noyabr oyida xorij davlatlarida moddiy qiyinchilikka duch kelgan 270 nafar fuqaroga $100 ming miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Shuningdek, konsullik-huquqiy faoliyat doirasida boshqa muhim natijalar ham qayd etildi. Mazkur davrda 16,972 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Chet elda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan 870 nafar yurtdoshlar ish bilan ta’minlandi.
Moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan 270 nafar fuqaroga jami $100 ming miqdorida yordam ajratildi. Vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan 180 nafar fuqaro ozod qilindi. Yana murakkab sharoitdagi ishsiz, voyaga yetmagan yoki boquvchisiz qolgan 157 nafar yurtdosh hamda odam savdosi qurboni bo‘lgan 5 nafar fuqaro O‘zbekistonga...