Samsung uch marta buklanadigan birinchi smartfoni – Galaxy Z TriFold yig‘ilishi va mustahkamlik sinovlarini ko‘rsatdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi model tajriba emas, butunlay tayyor va sinovlardan to‘liq o‘tgan mahsulot hisoblanadi.
Shuningdek, Samsung e’lon qilgan videoda qurilma qanday yig‘ilishi, lazerlar yordamida tekshirilishi va robotlar tomonidan sinovdan o‘tkazilishi batafsil ko‘rsatilgan.
Galaxy Z TriFold qanday yig‘iladi
Model korpusi uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular Samsung’ning maxsus Armor FlexHinge ilmaklari bilan biriktiriladi. Butun jarayon avtomatlashtirilgan, ya’ni:
detallar mikron aniqligi bilan joyiga qo‘yiladi; ramkani tekislovchi yangi yelimlash usuli qo‘llanadi; raqobatchilardan farqli o‘laroq, sirti tekisligi lazer orqali tekshiriladi.Shundan so‘ng 10 dyuymli buklanadigan OLED-panel korpusga...